Yangilangan sana: 05.03.2024 16:41:33




Jarayon

Magistral gaz quvurlari tarmog‘ini kuz-qish mavsumiga tayyorlash doirasida “Markaziy Osiyo-Markaz” magistral gaz quvurida berkitish moslamalari almashtirilayotgani haqida avvalroq xabar (https://t.me/uztg_uz/1731) berilgandi. Bugungi kunga kelib almashtirilgan berkitish moslamalarining umumiy soni 16 taga yetdi. Joriy yilning 21 avgust kuni “O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari v.b. A.Isoqjonov ayni faoliyat natijasini nazorat qilish maqsadida Akchaloq MGQBda bo‘ldi. “Markaziy Osiyo-Markaz” quvurining 4-tarmog‘idagi rekonstruksiya ishlari natijasida almashtirilgan 7-8-son berkitish moslamalarini shaxsan ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, Akchaloq kompressor stansiyasining B va V sexlarini ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Hozirda bu yerda gaz haydash agregatlari ta’mirlanmoqda, texnologik kommunikatsiyalarda nogermetik kranlarni almashtirish ishlari olib borilmoqda.




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech