Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.15.2024 14:15:15




Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari doimiy eʼtiborda

"O‘ztransgaz" AJ rahbariyati va masʼullar tomonidan murojaatchi fuqarolarni qabul qilish va sayyor qabullar tasdiqlangan reja asosida muntazam tartibda amalga oshirilyapti. Boshqaruv raisi Behzot Narmatov haftaning belgilangan kunida jamiyat boshqaruv apparatida murojaatchilarni qabul qildi. Samarqand MGQB tasarrufidagi  “Sho‘rtan” tarmoqdan foydalanish xizmatining maʼmuriy binosida esa  Boshqaruv raisining ishonchli vakili M.Baratov navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi. Uchrashuvda jismoniy shaxslardan 11 nafarining murojaatlari o‘rganildi.

Fuqarolarga ular yo‘llanayotgan murojaatlarga ijobiy yechim topish, muammolarni joylarga chiqqan holda o‘rganib, imkon qadar o‘sha yerning o‘zida bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani haqida tushuntirish berildi. Ko‘tarilgan masalalar ijroga yo‘naltirildi va tegishliliga ko‘ra masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Hurmatli fuqarolar! "O‘ztransgaz" AJ rahbariyati va masʼullariga murojaatingiz bo‘lsa quyidagi manzilga va telefon raqamlariga bog‘lanishingiz mumkin.

Toshkent shahar, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 31a-uy

Murojaatlar uchun: +998 71 202-10-08 (ichki 12-59)  +998 99 010 45 94



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech