E'LON
Yangilangan sana: 04.02.2026 14:04:23
Мehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi va ekologiya boshqaruvining yagona tizimi bo‘yicha normativ hujjat ishlab chiqildi
Respublika Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 4388-son qaroriga ko‘ra Respublikamizning neft-gaz sanoati isloh qilinmoqda. "O‘ztransgaz" AJ tizimida ham bu boradagi ishlar belgilangan tartibda amalga oshirilyapti. Jamiyat tizimidagi ishchi-xodimlar uchun normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadida, Jamiyat ijroiya apparatining Metodologiya departamenti hamda Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi departamenti masʼulligida tarkibiy korxona, tashkilotlarning Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limlarining masʼullari va muhandislari ishtirokida “O‘ztransgaz"AJda mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi va ekologiya boshqaruvining yagona tizimi” texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjati ishlab chiqildi."O‘ztransgaz" AJ ijroiya apparati hamda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar uning barcha tarkibiy korxona, tashkilot va bo‘linmalarida mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi va ekologiya (atrof-muhitni muhofaza qilish) sohalarida kasbiy madaniyatga oid kamchiliklarni bartaraf etish, ushbu yo‘nalishlarda ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish va yuritishning yagona tartibini belgilovchi bu hujjat 13 bo‘lim, 42 band va 50 dan ortiq ilovalardan tashkil topdi. Lotin va kirill yozuvlariga asoslangan o‘zbek alifbosida va rus tilida ishlab chiqilgan hujjat loyihasi shu kunlarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasining Respublika kengashi, Sanoat xavfsizligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitalari bilan hujjat loyihasi bo‘yicha kelishuv kelishish uchun yuborilgan. Mazkur hujjat joriy yil yakuniga qadar tasdiqlanishi va amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.
Energetika vazirligi yangiliklari
-
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
-
Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
-
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
-
Energetika vazirligi: 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste’moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi
-
Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi