Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.03.2024 16:41:33




“Oʻztransgaz” 2022 yilda davlat byudjeti va turli fondlarga 3 trln soʻmdan ortiq mablagʻ toʻladi

Bundan tashqari jamiyat korxonalarida 144 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. 

«O‘ztransgaz» AJ 2022 yilda ishlab chiqarish jarayonlari uchun import qilinuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish hamda yangi infratuzilmalar barpo qilish hamda mavjudlarini kapital ta’mirlash, xorijiy investitsiyalar jalb qilish borasida qator ishlarni amalga oshirgan.

Xususan, tizim korxonalarida 623,7 million so‘mlik 31,5 tonna UONI 13/55 markali elektrod ishlab chiqarilib, reja 105,9 foizga bajarilgan.

Shuningdek, tizimda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish orqali energiya zaxiralarini iqtisod qilish maqsadida jamiyatning 17 ta ob’ektiga umumiy quvvati 408 kilovatt/soat bo‘lgan quyosh fotoelektr stantsiyalari, 650 ta harakatni sezuvchi datchik va 2235 ta quyosh panellari bilan jihozlangan yoritgich o‘rnatildi. Umumiy hajmi 30 500 litr bo‘lgan 157 dona quyosh suv isitish qurilmasi issiq suv ta’minotini yaxshilamoqda. Natijada 2022 yilda 865 million kilovatt/soat elektr energiyasi iqtisod qilgan.

Shu bilan birga, xorijiy kompaniyalar ishtirokida jalb qilingan sarmoyalar hajmi 268,7 million dollarni tashkil etdi. Bu bilan xorijiy investitsiya jalb etish bo‘yicha yillik reja 161 foizga ado etildi. Bundan tashqari, respublikaning magistralь gaz transport tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi doirasida 511 kilometr magistralь gaz quvur qurilishi, 10 ta gaz haydash agregatini modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 485,9 million dollarni tashkil qiladi. 2022 yilda loyiha doirasida 490,8 kilometr po‘lat quvur etkazilgan bo‘lib, shundan 387,6 kilometr quvur payvandlangan. 156,5 kilometr quvur rekonstruktsiya qilinib, 221,8 kilometr yangi magistral tarmoq tortildi. 9,3 kilometr quvur tarmog‘i kapital ta’mirlandi.

«‘O‘ztransgaz’ davlat va jamiyat oldidagi majburiyatini bajarish maqsadida davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga jami 3 trillion 23 milliard 199 million 500 ming so‘m pul mablag‘ to‘lab berdi.







Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech