Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.15.2024 14:15:15




“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi v.v.b A.Isoqjonov navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi

Toshkent MGQBda o‘tkazilgan qabulda 7 nafar fuqaro murojaat qildi. Jumladan, Muborak tumanidan kelgan J.Genjiyev, Oqdaryo tumanida tug‘ilgan B.Berdiyev, 2000-2017 yillarda Muborak MGQBda operator bo‘lib ishlagan O.Abdurahmonov va Xivadalik S.Qilichevlar ishga joylashish masalasida amaliy yordam so‘radi.

Toshkent MGQB Personal bilan ishlash bo‘yicha menedjeri G.Gaynanova boshqarmada ishlayotgan yosh kadrlar masalasida amaliy yordam berilishini, maʼmuriy xo‘jalik mudirasi F.Xayitova esa razryadini ko‘tarish masalasida, Toshkent-2 GTS katta operatori R.Ergashev esa GTSlarda ishlaydigan katta operatorlarning oylik ish xaqini ko‘tarilishi masalasida murojaat qildilar. 

Murojaatchilarni iliq kutib olgan “O‘ztransgaz” AJ rahbari ular bilan do‘stona suhbatlashdi va mavjud imkoniyatlar doirasida masalalarning yechimi bo‘yicha tegishli masʼullarga topshiriq berdi va ijrosi nazoratga olindi.






Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech