Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.02.2026 14:04:23




"O‘ztransgaz" AJ rahbariyati va masʼullarining qabullari davom etmoqda

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasida "O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisi ishtirokida navbatdagi ommaviy qabul tashkil etildi. Unda 116 nafar ishchi-xodim ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qildi. Xususan, tizimda ish o‘rinlarini optimallashtirish borasida amalga oshirilishi kutilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot so‘raldi. Boshqaruv raisi tomonidan mavjud tartib-qoidalar, amaldagi qonunchilik talablari hamda jamiyat tizimidagi holat yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, "O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – bosh muhandis M.N. Rahmonovning navbatdagi shaxsiy qabuli ham o‘tkazildi. Unda Gazli MGQB xodimi boshqa bo‘limga o‘tkazilish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Murojaatchiga jamiyat tizimidagi mavjud imkoniyatlar yuzasidan tegishli tushuntirish berildi.

Bundan tashqari, Boshqaruv raisining ishonchli vakili hamda jamiyatning mas’ul xodimlari ishtirokida "Xo‘jaobod" gazni yer ostida saqlash inshooti ishchi-xodimlari uchun videokonferens aloqa orqali ommaviy qabul tashkil etildi. Unda ham tizimdagi optimallashtirish jarayonlari yuzasidan savollar ko‘tarilib, mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Barcha qabullar ochiq va shaffof muhitda o‘tkazildi hamda kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech