Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03




"O‘ztransgaz" AJ tizimida siyosiy o‘quv tadbirlari davom etmoqda

Ishchi-xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun  mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Qonunda normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertiza qiluvchi subyektlar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qanday holatlarda normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkaza olishi mumkinligi belgilab berilgan.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari davlat organlari hamda tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish jarayonida ishtirok etishi mumkinligi mazkur hujjatda aks ettirilgan.



Возможно, это изображение 7 человек и текст



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech