Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.03.2024 16:41:33




“O‘ztransgaz” AJ yangi tayinlangan rahbariyati tizimni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda

Dastlabki manzil Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi bo‘ldi. Dastavval boshqarma joylashgan manzil binosi ko‘zdan kechirildi. Yaqinda ta’mirdan chiqqan inshootda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Rahbariyat shuningdek Toshkent MGQB tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan “Ohangaron” kompressor stansiyasi, “Bektemir”, “Quyoshli” gaz taqsimlash stansiyalarida bo‘ldi. Mas’ullar bilan suhbatda ayni obyektlarning bugungi kundagi faoliyati, ularda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.







Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech