Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03




Ohangaron gaz siquv kompressor stansiyasida mashg'ulot o'tkazildi

Fevral oyi "O‘ztransgaz" AJ tizim korxonalarida "Zilzila sodir bo‘lganda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni bartaraf etish va yong'in profilaktikasi oyligi" o'tkazildi. Toshkent MGQB Ohangaron Gaz siquv kompressor stansiyasida oylik doirasida profilaktik tadbir o‘tkazildi. 

YMQX 1-navbatchi guruhi shaxsiy tarkibi bilan metanol omborida (shartli) sodir bo'lgan yong‘inni o‘chirish bo‘yicha taktik mashg‘ulot o'tkazildi. Yong‘in tez fursatda o‘rab olinib, to‘liq bartaraf etildi. Mashg'ulot davomida shaxsiy tarkib orasida jabrlanganlar bo‘lmadi. 

Shu kuni mas'ul xodimlar va yetakchi muhandislar tomonidan yong'in muhofazasi bo'yicha texnik tekshiruv o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar dalolatnoma rasmiylashtirilib, tavsiyalar berildi.





Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech