Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03




Sayyor qabul

Farg‘ona MGQBga qarashli Namangan va Qamchiq taʼmirlash ekspluatatsiya punktida Jamiyat boshqaruvi raisining ishonchli vakili tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

20 nafarga yaqin kishi murojaat qilgan qabulda ko‘tarilgan masalalar mavzusi turlicha bo‘ldi. Prezident farmoniga asosan 2022-yil 1-maydan boshlab aholi va maktab hududlarida avtomashinalarning harakatlanish tezligiga cheklash belgilangani sababli, maxsus avtomashinalar favqulodda holat yuz bergan vaqtda obyektga tezlik bilan yetib borishida, yuzaga keladigan muammolarni hal qilish maqsadida maxsus avtomashinalarga akustik uskuna o‘rnatish taklifi, oliy taʼlim muassasasiga to‘lov kontrakt asosida o‘qishga kirgan xodimning shartnoma summasini to‘lashda amaliy yordam berish masalalari shular jumlasidan.

Barcha murojaatlar qonunda belgilangan muddatda o‘rganib chiqish uchun tegishli mutaxassisga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. 



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech