Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.15.2024 14:15:15




SAYYOR QABULLAR DAVOM ETMOQDA

Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida va boshqarma tasarrufidagi  “Sho‘rtan” tarmoqdan foydalanish xizmati xodimlari uchun “O‘ztransgaz” AJ masʼullari ishtirokida navbatdagi sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi. Unda boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O‘.Nuriddinov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tingladi.

Sayyor qabulda 2 nafar jismoniy shaxs va 2 nafar xodimning murojaati o‘rganildi. Uchrashuvda ishga joylashish bo‘yicha amaliy yordam va xizmat uylari masalalari ko‘tarildi. Murojaatchilarga ularning muammolari belgilangan tartibda o‘rganilishi, imkon qadar bartaraf etish choralari ko'rilishi haqida tushuntirish berildi. Ko‘rilgan masalalar ijroga yo‘naltirildi va tegishliligi bo‘yicha masʼullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi. 



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech