➦ Veb-sayt test rejimida ishlamoqda! Veb-saytga texnik xizmat qo‘rsatish ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!    |    “Hududgazta'minot” AJ aholi hamda ulgurji iste'molchilar bilan bevosita ishlayotgani munosabati bilan uztg.uz veb-portali faoliyati to‘xtatilgan. Shaxsiy kabinet bilan bog‘liq savollar yuzasidan “Hududgazta'minot” AJga murojaat qiling!

Yangiliklar

Yangilangan sana: 12.07.2022 19:06:45




Sayyor qabullar davom etmoqda

"O‘ztransgaz" AJ Boshqaruvi raisi ishonchli vakili Sh. Boboyev tomonidan Toshkent, Samarqand va Zirabuloq MGQBlarda o‘tkazilgan sayyor qabullarda bosh muhandis, personal bilan ishlash bo'yicha mutasaddilar va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Toshkent MGQBdagi qabulda Boshqarmaning Personal bilan ishlash bo‘yicha menejeri G. Gaynanova jamiyat hisobidan oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan va bugungi kunda boshqarmada ishlayotgan bitiruvchilar nomidan ishtirok etdi. Fuqaroviy-huquqiy tusdagi xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida faoliyat yuritayotganligi, bu o‘z navbatida ushbu xodimlarga beriladigan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda, qolaversa, shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish uchun yetarli emasligini va ular bir qator imkoniyatlardan foydalana olmayotganliklarini tushuntirib o‘tdi. 

Bugungi kunda boshqarmada mazkur shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan xodimlar barchasi ishlab-chiqarish yo‘nalishida band bo‘lganligi sababli ularning barchasining nomidan vakil sifatida ushbu toifadagi xodimlarga Jamiyat tomonidan 16 ta bitiruvchi  uchun shtat birligi ochib berish masalasida amaliy yordam berilishini so‘radi. Ishonchli vakil murojaatga javob berar ekan, bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha islohotlar amalga oshirilayotganligi, OTM bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash masalasi Jamiyatning ichki imkoniyatidan kelib chiqib, tegishli departament va Jamiyat Boshqaruvining muhokamasidan so‘ng shtat birligini ochib berilishini mumkinligini tushuntirdi.  

Samarqand MGQBda o‘tgan qabulda Tarmoq ekspluatasiya xizmati yetakchi muhandisi sifatida 8 yildan beri ishlab kelayotgan D. Raxmonov Jamiyat tomonidan berilayotgan barcha imtiyozlar uchun minnatdorlik bildirdi. Tarmoq ekspluatasiya xizmati magistral gaz transporti tizimi inshootlarining ishonchli ishlashini taʼminlash uchun bevosita xizmat ko‘rsatadigan asosiy bo‘limlardan biri hisoblanishi va  xizmat yetakchi muhandisi magistral gaz quvurining asosiy va yordamchi qurilmalarining to‘g‘ri ishlashi va taʼmirlanishi ustidan texnik rahbarlik va nazoratni amalga oshirib ko‘p mehnat talab qiladigan vazifa hisoblanishini inobatga olib, imkoni bo‘lsa lavozim razryadini ko‘tarib berilishini so‘radi. Sh. Boboyev ushbu masalada lavozim razryadini ko‘tarishga asos bo‘ladigan hujjatlar mavjud bo‘lsa, o‘rnatilgan tartibda “O‘ztransgaz” AJga murojaat qilish lozimligi haqida boshqarma rahbariyatiga topshiriq berdi. 

Zirabuloq MGQBdagi qabulda murojaat bo‘lmadi. 2022-yil fevral-mart oylarida boshqarma yoshlarining og‘zaki murojaatlariga javoban OTMga kirish istagida bo‘lgan yoshlarga "O‘ztransgaz"AJ tomonidan tavsiyanomalar berilgani va natijada ko‘p yoshlar talaba bo‘lgani uchun minnatdorlik bildirildi. Murojaatlarni o‘z vaqtida tinglash va imkon qadar joyida muammolarga joyida yechim topish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi bildirildi. Sayyor qabullar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech