Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.02.2024 17:18:00




"Shimoliy so‘x" GYOSIdagi kon zaxira maydonini ishlatish choralari ko‘rilmoqda

Farg‘ona vodiysi viloyatlari aholisining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojiga mos ravishda tabiiy gaz yetkazib berishni ta'minlash maqsadida "Shimoliy so‘x" GYOSIdagi kon zaxira maydonini ishlatish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

"O‘ztransgaz" AJ boshqaruv raisi B. Narmatov, "O‘zlitineftgaz" AJ rahbari Ulug‘bek Nazarov va boshqa masʼul xodimlar inshootning kon zaxira maydoni, quduqlar hamda gaz haydash agregatlarining texnik holati bilan tanishdi. Boshqaruv raisi kelgusida qilinadigan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib, kerakli tavsiyalar berdi.

Masʼul xodimlarga kon zaxira maydoni va kompressor stansiyasini ishlatish bo‘yicha chora-tadbirlar "yo‘l xaritasi" ishlab chiqilib, "O‘ztransgaz"ning tegishli bo‘limlari bilan o‘rganish topshirig‘i berildi.





Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech