Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.15.2024 14:15:15




"Shimoliy So‘x" GYOSIning kon zaxira maydonini ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, loyiha hujjatlari va yo‘l xaritalarining taqdimoti muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yil may oyida Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalalari yuzasidan ham tegishli topshiriqlar berilgan edi. "O‘ztransgaz" AJ tomonidan ana shu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadidagi ishlar davom ettirilmoqda. 

Bugun "O‘ztransgaz" AJ raisining birinchi o‘rinbosari O‘.Nuriddinov "Shimoliy So‘x" GYOSIga bordi. Bosh muhandis xizmat safari davomida "Shimoliy So‘x" GYOSIning kon zaxira maydonini ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar, loyiha hujjatlari va yo‘l xaritalarining taqdimoti bilan tanishdi. 

Inshootda gaz kompressor qurilmalarining ishlash jarayonlari, avtotransport xo‘jaligi faoliyatini va transport vositalarining sozligini ko‘rib chiqdi. Texnika xavfsizligi, shuningdek inshoot jamoasi oldida turgan vazifalar ijrosi yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.





Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech