Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.03.2024 16:41:33




Taftish komissiyasining xulosasi taqdim etildi

“Xo‘jaobod” gazni yer ostida saqlash inshootining Kasaba uyushma qo‘mitasi 2022-yilda amalga oshirgan ishlar bo‘yicha hisobot yig‘ilishini o‘tkazdi. 

Shuningdek, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi xizmati yetakchi muhandisining ishchi-xodimlarga qulay mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari bo‘yicha hisoboti ham tinglandi. 

Yig‘ilishda Kasaba uyushmasi mablag‘larini to‘g‘ri va maqsadli sarflanayotganligi bo‘yicha taftish komissiyasining xulosasi taqdim etildi. Unda, kasaba uyushmasi mablag'lari hujjatlar asosida va to‘g‘ri sarflanganligi qayd etilgan.

Tadbir yakunida inshootda uzoq yillar samarali mehnat qilib kelayotgan hamda o‘z mehnati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan 15 nafar ishchi-xodimlar kasaba uyushmasining sovg‘alari bilan taqdirlandi.





Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech