Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.02.2024 17:18:00




Tarmoq o'tkazuvchanligini yaxshilash bo'yicha ishlar to'xtagani yo'q

Kogon MGQB tomonidan Muborak-Kogon, Kogon-Gazli, DBST (Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent), Qorovulbozor-Kogon va Muborak-Navoiy yo‘nalishlaridagi 1083 km yuqori bosimli   magistral gaz quvurlariga xizmat ko‘rsatiladi.

Joriy yil kuz-qishga tayyorgarlik jarayonida quvurlar ichki yuzasini diagnostika qilish vaqtida Muborak-Kogon yo‘nalishining 7 km  quvurda nuqsonli qismlar borligi aniqlangan edi. Diagnostika ishlaridan so‘ng I bosqichda shuning 4,7 km qismi yangisiga almashtirilgan. 

Shu kunlarda (fermer xo‘jaliklari quvur o‘tgan joylardagi hosilini yig‘ib olgach) Muborak-Kogon gaz quvurining 1 tarmog‘ida II bosqich ishlari davom ettirilyapti. Revers yo‘nalishda foydalaniluvchi 1020 mm diametrli tarmoqda shu kunlarda  2,3 km masofadagi quvurni almashtirish ishlari olib borilyapti. 

Quvur almashtirish  davomida shu yo‘nalishda gaz yetkazib berish ishlari II tarmoq orqali amalga oshirilyapti.





Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech