“Gazli-Kogon” magistral gaz quvurining yangi qurilgan IV tarmog‘ini I tarmoqqa ulash ishlari
Yangilangan sana: 09.25.2023 18:02:53
“To‘raqo‘rg‘on” IESga tabiiy gaz yetkazib berish tiklandi
“O‘ztransgaz” “To‘raqo‘rg‘on” issiqlik elektr stantsiyasiga tabiiy gaz yetkazib berishni tikladi.
Bundan avvalroq, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan biriga tegishli yer maydonida dala ishlari olib borilayotgan vaqtda “To‘raqo‘rg‘on” IES gaz taqsimlash stantsiyaga tabiiy gaz yetkazib beruvchi magistral gaz quvurining D-50 millimetrlik purkash moslamasiga shikast yetkazilgani xabar qilingan edi. Natijada avariya holatini bartaraf etish uchun “To‘raqo‘rg‘on” IES gaz taqsimlash stantsiyasiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatilgandi.