Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03




Tungi o‘rganishlar davom etadi

Joriy yilning 26 avgust kuni olib borilgan o‘rganishlar obyekti Toshkent viloyati Zangiota, Yangiyo‘l, Chinoz tumanlarida joylashgan “Bo‘zsuv-1”, “Bo‘zsuv-2”, “Yangiyo‘l”, “Petrometan”, “Chinoz” gaz taqsimlash stansiyalari bo‘ldi. 

“O‘ztransgaz” AJ rahbariyati mazkur obyektlarda 2020 yil 18 iyundagi "Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident farmoni ijrosi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. 

‼️Davlatimiz rahbarining 2022 yil 22 avgustdagi “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “O‘ztransgaz” AJ faoliyatiga raqamlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Jumladan, Energiya resurslari va texnologik jarayonlarning hisobini monitoring qilish avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushishi bilan energiya resurslarini tejash orqali  energiya iste’moli samaradorligini oshirish, gaz uzatish tizimi faoliyati ko‘rsatkichlarini aniq yuritish, ekspluatatsiya xarajatlarni kamaytirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bugungi kunda ayni tizimni ”Bektemir” GTSga joriy etish ishlari olib borilmoqda. 

Rahbariyat tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida ayni jarayonni tezlashtirish hamda uning taqdimotini tayyorlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Ayni yo‘nalishdagi tadbirlar davom etadi.






Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech