Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.15.2024 14:15:15




"Xiva-Beyneu"ning 20 kilometrlik qismi ta'mirlanmoqda

"O‘ztransgaz" AJ tizimini 2023-2024-yillar kuz-qish davriga tayyorlash tadbirlari doirasida ayni kunlarda belgilangan uchastkalarda ishlar qizg‘in davom ettirilyapti.

Xususan, diametri 1200 mm bo‘lgan "Xiva-Beyneu" magistral gaz quvurining 291-311 km oralig‘idagi quvurning ichki diagnostikasini o‘tkazish va aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni paytgacha mazkur uchastkada quvur ichki diagnostikasi ishlari yakunlandi va xulosalar taqdim etildi. Maʼlumotlar tahlil qilinib, nuqsonli qismlarni almashtirish nuqtalari aniqlab olindi. 20 km quvur ichida mavjud qoldiq tabiiy gaz mobil kompressor stansiya yordamida yondosh uchastkaga olindi.

Hozirda quvurning nuqsonli qismlarini taʼmirlash boshlangan bo‘lib, 27 joyda qazish ishlari bajarildi. 307-311 kilometrlar oralig‘ida esa nuqsonli quvurlarni demontaj va montaj qilish ishlari boshlandi.





Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech