Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.21.2024 14:59:28




“Qoraqalpog‘iston” MGQB texnologik kommunikatsiyalarida gidrosinov ishlari o‘tkazildi

“Qoraqalpog‘iston” MGQB texnologik kommunikatsiyalarida gidrosinov ishlari o‘tkazildi “O‘ztransgaz” AJ gaz transport tizimining shimoliy hududdagi eng chekka tuguni bo‘lgan “Qoraqalpog‘iston” magistral gaz quvurlari boshqarmasida “Magistral gaz quvurlaridan foydalanish bo‘yicha texnik qoidalar” talablaridan kelib chiqqan holda “B” kompressor sexidagi texnologik kommunikatsiyalarning navbatdagi gidrosinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

O‘ta ahamiyatli tadbir hisoblanuvchi texnologik kommunikatsiyalarning gidrosinov ishlari “Urganchtransgaz” unitar korxonasining boshqaruv apparati mutaxassislari boshchiligida, boshqarmaning tajribali muhandis va payvandchilari hamda boshqa ishchi-xodimlar tomonidan o‘nlab texnikalar safarbar qilingan holda amalga oshirildi.

“B” kompressor sexi texnologik kommunikatsiyasini asosiy gaz tarmog‘idan ajratish va to‘siq qo‘yish, sexning texnologik kommunikatsiyalarini suv bilan to‘ldirish hamda uning bosimini sinov bosimigacha ko‘tarish kabi bir qancha yong'in va gazga xavfli ishlar xodimlarning kecha-kunduz davom etgan mashaqqatli mehnati samarasi o‘laroq bexatar va muvaffaqiyatli o‘tdi. U muddatdan oldin 25-sentabr kuni yakunlandi.

Natijada sex texnologik kommunikatsiyasining ishchi bosimini 55 kgs/sm2 ga ko‘tarish hamda texnologik kommunikatsiyalarda sodir bo‘lishi ehtimoli mavjud quvur yorilishlari kabi xavf-xatarni yoki tasodifiy halokatlarning oldi olish imkoni paydo bo‘ldi. Natijada tizimning barqaror va betalafot ishlashiga asos yaratildi. Ayni paytda “B” kompressor sexi magistral gaz tizimiga qayta ulangan. Sexni gidrosinovdan keyingi zaxiraga chiqarish bo‘yicha so‘nggi ishlar bajarilyapti.


Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech