Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.01.2024 12:09:02




“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi

“O‘ztransgaz” AJda O‘zbekiston Respublikasining mazkur Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Taʼkidlanganidek, ushbu Qonun bilan raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Unga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi (monopoliyaga qarshi organ) hisoblanadi.

Qonunga bir qator yangi, jumladan, monopoliyaga qarshi komplaens tushunchasi kiritildi. Monopoliyaga qarshi komplaens faoliyat tizimi belgilab qo‘yildi. Monopoliyaga qarshi komplaens majburiy tartibda:

  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda;
  • tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda va boshqalarda joriy etiladi.

Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralari ham kuchaytirildi.

Qonun 2023-yil 4-oktabrdan kuchga kiradi.








Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech