OAV biz haqimizda

Yangilangan sana: 05.01.2024 12:09:02




Stansiyalarimiz qishki mavsumda aholi va tadbirkorlarga uzluksiz gaz yetkazib berishga tayyor – “O‘ztransgaz”


“O‘ztransgaz” AJ tomonidan OAV vakillari uchun Toshkent shahri va viloyatida joylashgan gaz taqsimlash stansiyalariga (GTS) press-tur tashkil etildi. Tur davomida stansiyalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlash imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar dastlab “O‘rta saroy” GTS faoliyati bilan tanishtirildi. “O‘ztransgaz” AJ Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi muhandisi Jaloliddin Yusufjonovning aytishicha, ayni paytda stansiya kuz-qish mavsumiga shay holatda.



Boshqarma tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan ushbu stansiya Nurafshon shahri aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlaydi.

Stansiyaning o‘tkazuvchanlik quvvati soatiga 60 ming metr kubni tashkil etadi. Bu shahar aholisining hozirgi (soatiga 53 ming metr kub) ehtiyojidan ancha yuqori ko‘rsatkich.

Qishda iste’molchilarning gazga bo‘lgan talabi ortadi. Shu sababli kuchli bosimlar yuzaga kelishini hisobga olib, stansiyaga quvvati yuqori bo‘lgan diafragmalar o‘rnatdik.

Gaz yetkazib beruvchi barcha qurilmalarimiz qishki mavsumga tayyor, – dedi mutaxassis.

Press-tur davomida jurnalistlar gazni nazorat qilish va o‘lchashning avtomatlashtirilgan tizimida ishlayotgan “Bektemir” GTS bazasida bo‘ldi. Stansiya operatori Abdualim Holiqov bu yerdagi zamonaviy uskunalar afzalligi haqida gapirib berdi.

Stansiya respublikada birinchi bo‘lib avtomotlashtirildi va hozirda ishlash jarayoni sinovdan o‘tkazilmoqda.

Stansiyada inson omili minimal darajaga tushirilgan, ya’ni uni to‘g‘ridan to‘g‘ri dispecherga bog‘lanib, masofadan boshqarish imkoniyati yaratilgan. Loyiha yaxshi samara bersa, kelgusida respublikadagi boshqa gaz taqsimlash stansiyalarida ham shu kabi tizim yaratiladi.

Bazada kranlarni ochib-yopish avtomatlashtirilgan. Stansiyada elektr energiyasini tejash maqsadida quyosh panellari ham o‘rnatilgan. Avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash stansiyasining umumiy ishlash quvvati soatiga 388 ming metr kubni tashkil etadi.

Hozirgi kunda soatiga 200 ming metr kub gaz chiqarib berilmoqda. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarligimiz juda yaxshi. Reja asosida ishlayapmiz. Aholi va tadbirkorlarni gazdan uzilib qolmasligi uchun kecha-yu kunduz navbatchilik rejimi o‘rnatilgan, – dedi operator.

Navbatdagi tashrif O‘zbekistondagi eng yirik gaz taqsimlash stansiyasi – “Toshkent-2”ga bo‘ldi. Katta operator Rifat Ergashev mazkur stansiya imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.

“Toshkent-2” gaz taqsimlash stansiyasi 1998-yilda ish boshlagan. Stansiya butun poytaxt aholisiga tabiiy gaz yetkazib beradi. Uning o‘tkazuvchanlik quvvati soatiga qariyb 1 million 100 ming metr kubga teng. Stansiyada 10 ta tarmoq mavjud.

Ayni paytda gaz yetkazib beruvchi uskunalar qishgi mavsumga tayyor. Kranlar moylandi. Barcha uskunalarning ishlash jarayoni qayta ko‘rib chiqildi. Bemalol aholiga uzluksiz gaz yetkazib bera olamiz. Buning uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli”, – dedi u.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublika bo‘ylab “O‘ztransgaz” AJ tasarrufida 420 ta gaz taqsimlash stansiyasi ishlamoqda.

Stansiyalarimiz qishki mavsumda aholi va tadbirkorlarga uzluksiz gaz yetkazib berishga tayyor – “O‘ztransgaz” — «Daryo»







Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech